🎓 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul jarayonlarini e’lon qiladi.
Institutda ilmiy izlanish olib borish, zamonaviy tadqiqotlarda ishtirok etish va ilmiy salohiyatingizni yangi bosqichga olib chiqish istagida bo‘lgan yosh tadqiqotchilarni quyidagi ta’lim shakllariga taklif etamiz:
🔹 Doktorantura (DSc)
🔹 Tayanch doktorantura (PhD)
🔹 Stajyor-tadqiqotchilik
📚 Mazkur ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlarni topshirish, mutaxassisliklar, qabul talablari va boshqa zarur ma’lumotlar haqida batafsil axborot institutning rasmiy kanallarida taqdim etib boriladi.
Ilmga qadam — kelajak sari qadam!
Agar sizda ilmiy g‘oya, izlanishga ishtiyoq va yangi kashfiyotlarga intilish bo‘lsa, biz sizni ilmiy jamoamiz safida ko‘rishdan mamnun bo’lamiz!
Hujjatlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
Qabul masalasida Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institut ilmiy kotibiga murojaat qilishingiz mumkin👇
☎️(94)620-45-98

