Тема диссертации доктора философии (PhD) по физико-математическим наукам
зарегистрирована в Высшей аттестационной комиссии при Кабинете Министров
Республики Узбекистан за B2017.1.PhD/FM17
Диссертация выполнена в Институте механики и сейсмостойкости сооружений Академии
наук Республики Узбекистан.
Автореферат диссертации на двух языках (узбекский, русский и английский (резюме))
размещен на веб-странице по адресу www.tdu.uz и информационно-образовательном портале
«ZiyoNet» по адресу www.ziyonet.uz.
Научный руководитель: Рашидов Турсунбай
доктор технических наук, профессор, академик
Официальные оппоненты: Султанов Карим Султанович
доктор физико-математических наук, профессор
Сафаров Исмоил
доктор физико-математических наук, профессор
Ведущая организация: Ташкентский институт инженеров железнодорожного транспорта
Защита диссертации состоится «3» марта 2018 года в 1400 часов на заседании Научного
совета DSc.27.06.2017.T/FM.03.04 при Ташкентском государственном техническом университете и
Национальном университете Узбекистана. (Адрес: 100095, г. Ташкент, ул. Университетская, 2.
Тел.: (99871) 246-46-00, факс: (99871) 227-10-32; e-mail: tadqiqotchi@tdtu.uz).
Динамическая устойчивость трубопроводов, расположенных в водонасыщенных грунтах

О защите диссертационной работы Кишанова Руслана Уразгалиевича, доктора философии (PhD) по техническим наукам
Защита Диссертационной работы КИШАНОВА РУСЛАНА УРАЗГАЛИЕВИЧА на тему «ОЦЕНКА ВЛИЯНИЯ СИЛЫ ИНЕРЦИИ В ЗАДАЧАХ СЕЙСМОДИНАМИКИ ПОДЗЕМНЫХ ТРУБОПРОВОДОВ» по специальности 05.09.02 – Геотехника (Основания, фундаменты и подземные сооружения. Механика грунтов и горных пород) представленной на соискание ученой степени Доктора Философии (Phd) По Техническим Наукам состоится 26 марта 2026 года в 1400 часов на заседании Научного совета DSc.05/2025.27.12.Т.10.02 при Институт механики и сейсмостойкости сооружений имени М.Т. Уразбаева, Академии Наук Респулики Узбекистан.
Адрес: 100125, город Ташкент, улица Дормон йули, дом 40. Академия наук Республики Узбекистан, Институт механики и сейсмостойкости сооружений имени М.Т. Урозбаева.
Тел: (998 55) 520-02-45.
e-mail: instmech@academy.uz

Xojiqulov Shaxzod Shavkatjon o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Xojiqulov Shaxzod Shavkatjon o‘g‘lining 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Real suyuqliklarni quvur orqali uzatishda o‘tish jarayonlarining kvazi bir o‘lchovli modellari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.T/FM.10.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 28-yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent sh., Do‘rmon yo‘li, 40-uy. O‘zR FA akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Tel.: (998 55) 520-02-45
e-mail: instmech@academy.uz

Saidov Sarvar Abdijalilovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Saidov Sarvar Abdijalilovichning 01.02.02- “Mashinalar, asboblar va uskunalar dinamikasi va mustahkamligi” ixtisosligi bo‘yicha “Avtotransport vositalari uzlukli gidravlik tizimlari boshqaruvi barqarorligini oshirish uchun dinamik model ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01. raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 26-yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahar, Do‘rmon yo‘li, 40-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Tel.: (99855) 520-02-45, (99855) 520-04-46
e-mail: instmech@academy.uz

Qurilish sohasi rivojidagi zamonaviy yechimlar
Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti “Bino va inshootlarni modellashtirish va pasportlashtirish” laboratoriyasi oxirgi yillarda“Turli yoriqlar va to‘plangan shikastlanishlarga ega bo‘lgan qurilish materiallar mustahkamligi va yoriqlar rivojlanishining xususiyatlarini tadqiq etish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Inshootlardan ko‘p yillik foydalanish jarayonida murakkab kuchlanishlar, iqlim yoki zilzilalar natijasida qurilish konstruktsiyalari elementlarida to‘plangan shikastlanishlar, kuchlanish konsentratorlarining oshib borishi turli xarakterdagi yoriqlarning shakllanishiga olib keladi.
Ilmiy izlanishlardan quyidagi natijalar olindi:
Temirbeton konstruktsiyalarni mustahkamlashda zamonaviy yondashuvlar samaradorligi tasdiqlandi.
So‘nggi yillarda qurilish amaliyotida temirbeton konstruktsiyalarning mustahkamligi va ishonchliligini oshirish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda olib borilgan kompleks ilmiy tadqiqotlar natijasida bir qator muhim ilmiy va amaliy xulosalar olindi.
Tadqiqotlar davomida temirbeton to‘sin-devorlarni sonli hisoblash shuni ko‘rsatdiki, cho‘zuvchi kuchlanishlarni kamaytirish uchun konstruktsiyani vertikal sterjenlar bilan qo‘shimcha mustahkamlash va ularni to‘sinlar ulangan burchaklardagi bo‘ylama armaturalar bilan bog‘lash samarali yechim hisoblanadi.
Ko‘ndalang kesimi doiraviy bo‘lgan sterjenlarni cho‘zish masalasini tahlil qilish jarayonida turli xil yoriqlarning kuchlanish intensivligi koeffitsientiga taʼsiri o‘rganildi. Аniqlanishicha, bo‘ylama yoriq mavjud bo‘lgan holatda kuchlanish intensivligi ko‘ndalang yoriqlarga nisbatan 10 foizgacha yuqori bo‘lar ekan.
Shuningdek, termoplastiklik masalasini yechishda olingan sonli natijalar deformatsiya nazariyasi va plastik oqish nazariyalarini birgalikda qo‘llash yuqori samara berishiga ishonchli dalil bo‘ldi. Chekli ayirmalar usuliga asoslangan hisoblash sxemasi harorat maydoni, plastik zonalar chegaralari hamda siljishlarni aniqlash imkonini berib, real konstruktsiyalarni termomexanik tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega ekani tasdiqlandi. Natijalarni o‘zaro taqqoslashda qo‘yilgan chegaraviy masalaning matematik jihatdan to‘g‘ri qo‘yilgani va modellashtirish yondashuvining adekvatligini ko‘rsatdi.
Eksperimental tadqiqotlarda uglerod va bazalt tasmalari bilan kuchaytirilgan B35 markali beton to‘sinlar sinovdan o‘tkazildi. Uglerod tasmalari bilan mustahkamlangan to‘sinlar 12,5 tonnadan ortiq yuk taʼsirida buzilgan bo‘lsa, bazalt lentalari bilan kuchaytirilgan naʼmunalar 9–10 tonna atrofidagi yuklarda buzilgani kuzatildi. Barcha holatlarda buzilish eguvchi moment maksimal bo‘lgan zonada qiya kesim bo‘ylab yuzaga kelgan.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, kompozit materiallar bilan kuchaytirish taʼsiri konstruktsiya elastiklik qobiliyatini yo‘qotgandan keyingina namoyon bo‘ladi. Mustahkamlanmagan to‘sinlar betonning siqilgan zonasi bo‘ylab buzilgan bo‘lsa, kuchaytirilgan to‘sinlarda buzilish sxemalari sezilarli darajada farq qildi.
Muhim xulosalardan biri shundaki, uglerod tolali kompozit tasmalar yuqori deformatsiyalarda uzilishi mumkin, bazalt tasmalari esa bu holatda ham yaxlitligini saqlab qoladi. Shu asosda kompozit materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton elementlar uchun turli chegaraviy holatlar aniqlanib, ularni hisoblashning yangi uslublari ishlab chiqildi.
Umuman olganda, olingan natijalar temirbeton konstruktsiyalarni to‘qima polimer kompoztsion materiallar yordamida mustahkamlash ularning yuk ko‘tarish qobilyatini sezilarli darajada oshirishni ilmiy va amaliy jihatdan isbotladi. Bu esa qurilish sohasida zamonaviy, samarali va ishonchli yechimlarni joriy etish uchun mustahkam ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Nazarov Farrux Xoliyorovichning fizika-matematika fanlari fan doktori (DSc) dissertasiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Nazarov Farrux Xoliyorovichning 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Tovush tezligidan yuqori bo‘lgan turbulent oqimlarni ikki suyuqlik yondoshuvi asosida modellashtirish” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo’yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi O’zbekiston Respulikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi ilmiy darajalarni beruvchi DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01 raqamli ilmiy kengashning 2025-yil 26—noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo’lib o’tadi.
Manzil: 100125, Toshkent sh., Do‘rmon yo’li ko‘chasi 40-uy. O’zbekiston Respulikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Tel.: (99855) 520—02—45; (99855) 520—04—46.
e-mail: instmech@academy.uz;
Himoya Youtube orqali jonli efirda olib boriladi:

E’lon, 2026 yil uchun doktorantura hamda stajer-tadqiqotchilikka qabul boshlandi!
E’LON!!!! OʻzR FA MEXANIKA VA INShOOTLAR SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTIGA 2026 YIL UChUN OʻRNATILGAN TARTIBDA AJRATILGAN KVOTA BOʻYIChA TAYaNCh DOKTORANTURA HAMDA STAJER-TADQIQOTChILIK INSTITUTIGA OʻQIShGA KIRISh UChUN XUJJATLARNI QABUL QILISh E’LON QILINADI!!!


Bugunning dolzarb mavzusi-zilzilabardosh qurilish
Bugun Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida “Zilzilabardosh qurilish bo‘yicha chuqurlashtirilgan xalqaro seminar” o‘z ishini boshladi. Seminar zilzilabardosh qurilish va muhandislik seysmologiyasi muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi- zilzilabardosh qurilish va mintaqamizda seysmik faollik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tadqiqot olib borayotgan dunyoning kuchli ekspertlari va olimlari o‘rtasida fikr almashish uchun tajriba maydoni yaratishdan iboratdir.

Xorijiy davlatlar ekspertlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish hamda yangi ilmiy tadqiqot loyihalarini shakllantirish, kelgusi tadqiqotlarga yo‘l xaritasi va tavsiyalar ishlab chiqish mazkur seminarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu tadbir mazmunli munozaralar, yangi tashabbuslarning paydo bo‘lishiga va seysmik xavfni pasaytirish va zilzilalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Berklidagi Kaliforniya universiteti seminarning ilmiy tashkilotchilaridir.
Seminar quyidagi tematik yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tmoqda:
- Zilzilabardosh qurilish (nazariya va tajriba).
- Muhandislik seysmologiyasi va seysmik xatar.
- Qurilish materiallarining mustahkamligi va ustuvorligi.
- Binolar va inshootlar holatini tezkor tekshirish va uzluksiz monitoring qilish.
Seminarda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasidan qurilish sohasi mutaxassislari, ilmiy xodimlar, yosh mutaxassislar ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda. Tadbir gibrid formatda bo‘lib – ishtirokchilar oflayn va onlayn formatda ishtirok etishmoqda. Seminar Jahon bankining Munis loyihasi moliyaviy ko‘magida o‘tkazilmoqda.

