Placeholder

hacked by trenggalek6etar

Hacked by trenggalek6etar

– JATIM4U –

Jangene_Cakep – Panataran – 0x1999 – 0xIDiot – Unlucky – Mr.Optimuz_Root

Photo 2026 09 16 16 33 52 1200x500

From idea to production: a memorandum on the creation of cotton-growing machinery was signed

A Memorandum of Understanding and Cooperation aimed at the creation and localization of modern agricultural machinery was signed between the M.T. Urazbaev Institute of Mechanics and Seismic Stability of Structures and “Tashkent Tractor Plant” LLC.

Within the framework of the memorandum, issues were identified regarding the creation of modern cotton-growing technologies, specifically high-efficiency machinery adapted to local conditions for double-row cultivation and harvesting.

 The meeting was attended by the director of the institute, Doctor of Technical Sciences, Professor Sabida Ismailova, the head of the “Cotton Harvesting Machines” laboratory Davronbek Kuldoshev, and the chief researcher of the laboratory, Doctor of Technical Sciences, Professor Anvar Rizayev, who discussed the integration of scientific developments with production, the improvement of design solutions for cotton harvesting machines, and the prospects for their localization.

The goal is to transform the scientific idea into a technical solution, and the technical solution into real production.
This new stage of cooperation will serve as an important practical step toward creating modern, domestic, and competitive agricultural machinery.

01e0e5ca0b904b92930a435bdee963f9 960x500

Qurilish sohasi rivojidagi zamonaviy yechimlar

Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti “Bino va inshootlarni modellashtirish va pasportlashtirish” laboratoriyasi oxirgi yillarda“Turli yoriqlar va to‘plangan shikastlanishlarga ega bo‘lgan qurilish materiallar mustahkamligi va yoriqlar rivojlanishining xususiyatlarini tadqiq etish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 

Inshootlardan ko‘p yillik foydalanish jarayonida murakkab kuchlanishlar, iqlim yoki zilzilalar natijasida qurilish konstruktsiyalari elementlarida to‘plangan shikastlanishlar, kuchlanish konsentratorlarining oshib borishi turli xarakterdagi yoriqlarning shakllanishiga olib keladi.

Ilmiy izlanishlardan quyidagi natijalar olindi:

Temirbeton konstruktsiyalarni mustahkamlashda zamonaviy yondashuvlar samaradorligi tasdiqlandi.

So‘nggi yillarda qurilish amaliyotida temirbeton konstruktsiyalarning mustahkamligi va ishonchliligini oshirish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda olib borilgan kompleks ilmiy tadqiqotlar natijasida bir qator muhim ilmiy va amaliy xulosalar olindi.

Tadqiqotlar davomida temirbeton to‘sin-devorlarni sonli hisoblash shuni ko‘rsatdiki, cho‘zuvchi kuchlanishlarni kamaytirish uchun konstruktsiyani vertikal sterjenlar bilan qo‘shimcha mustahkamlash va ularni to‘sinlar ulangan burchaklardagi bo‘ylama armaturalar bilan bog‘lash samarali yechim hisoblanadi.

Ko‘ndalang kesimi doiraviy bo‘lgan sterjenlarni cho‘zish masalasini tahlil qilish jarayonida turli xil yoriqlarning kuchlanish intensivligi koeffitsientiga taʼsiri o‘rganildi. Аniqlanishicha, bo‘ylama yoriq mavjud bo‘lgan holatda kuchlanish intensivligi ko‘ndalang yoriqlarga nisbatan 10 foizgacha yuqori bo‘lar ekan.

Shuningdek, termoplastiklik masalasini yechishda olingan sonli natijalar deformatsiya nazariyasi va plastik oqish nazariyalarini birgalikda qo‘llash yuqori samara berishiga ishonchli dalil bo‘ldi. Chekli ayirmalar usuliga asoslangan hisoblash sxemasi harorat maydoni, plastik zonalar chegaralari hamda siljishlarni aniqlash imkonini berib, real konstruktsiyalarni termomexanik tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega ekani tasdiqlandi. Natijalarni o‘zaro taqqoslashda qo‘yilgan chegaraviy masalaning matematik jihatdan to‘g‘ri qo‘yilgani va modellashtirish yondashuvining adekvatligini ko‘rsatdi.

Eksperimental tadqiqotlarda uglerod va bazalt tasmalari bilan kuchaytirilgan B35 markali beton to‘sinlar sinovdan o‘tkazildi. Uglerod tasmalari bilan mustahkamlangan to‘sinlar 12,5 tonnadan ortiq yuk taʼsirida buzilgan bo‘lsa, bazalt lentalari bilan kuchaytirilgan naʼmunalar 9–10 tonna atrofidagi yuklarda buzilgani kuzatildi. Barcha holatlarda buzilish eguvchi moment maksimal bo‘lgan zonada qiya kesim bo‘ylab yuzaga kelgan.

Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, kompozit materiallar bilan kuchaytirish taʼsiri konstruktsiya elastiklik qobiliyatini yo‘qotgandan keyingina namoyon bo‘ladi. Mustahkamlanmagan to‘sinlar betonning siqilgan zonasi bo‘ylab buzilgan bo‘lsa, kuchaytirilgan to‘sinlarda buzilish sxemalari sezilarli darajada farq qildi.

Muhim xulosalardan biri shundaki, uglerod tolali kompozit tasmalar yuqori deformatsiyalarda uzilishi mumkin, bazalt tasmalari esa bu holatda ham yaxlitligini saqlab qoladi. Shu asosda kompozit materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton elementlar uchun turli chegaraviy holatlar aniqlanib, ularni hisoblashning yangi uslublari ishlab chiqildi.

Umuman olganda, olingan natijalar temirbeton konstruktsiyalarni to‘qima polimer   kompoztsion materiallar yordamida mustahkamlash ularning yuk ko‘tarish qobilyatini sezilarli darajada oshirishni ilmiy va amaliy jihatdan isbotladi. Bu esa qurilish sohasida zamonaviy, samarali va ishonchli yechimlarni joriy etish uchun mustahkam ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 

E6ca5329c4904fb1972c9e29b35c8442 1200x500

Bugunning dolzarb mavzusi-zilzilabardosh qurilish

Bugun Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida “Zilzilabardosh qurilish bo‘yicha chuqurlashtirilgan xalqaro seminar”  o‘z ishini boshladi. Seminar zilzilabardosh qurilish va muhandislik seysmologiyasi muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi- zilzilabardosh qurilish va mintaqamizda seysmik faollik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tadqiqot olib borayotgan dunyoning kuchli ekspertlari va olimlari o‘rtasida fikr almashish uchun tajriba maydoni yaratishdan iboratdir.

Xorijiy davlatlar ekspertlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish hamda yangi ilmiy tadqiqot loyihalarini shakllantirish, kelgusi tadqiqotlarga yo‘l xaritasi va tavsiyalar ishlab chiqish mazkur seminarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu tadbir mazmunli munozaralar, yangi tashabbuslarning paydo bo‘lishiga va seysmik xavfni pasaytirish va zilzilalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Berklidagi Kaliforniya universiteti seminarning ilmiy tashkilotchilaridir.
Seminar quyidagi tematik yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tmoqda:

  •  Zilzilabardosh qurilish (nazariya va tajriba).
  •  Muhandislik seysmologiyasi va seysmik xatar.
  •  Qurilish materiallarining mustahkamligi va ustuvorligi.
  •  Binolar va inshootlar holatini tezkor tekshirish va uzluksiz monitoring qilish.

Seminarda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasidan qurilish sohasi mutaxassislari, ilmiy xodimlar, yosh mutaxassislar ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda. Tadbir gibrid formatda bo‘lib – ishtirokchilar oflayn va onlayn formatda ishtirok etishmoqda. Seminar Jahon bankining Munis loyihasi moliyaviy ko‘magida o‘tkazilmoqda.

 

2026 02 25 024915

“Suyuqlik gaz va gidrouzatish tizimlari mexanikasi”laboratoriyasi xodimlari tomonidan “Transport vositasining yuqori klirensli osma tizimi” uchun ixtiroga Patent (№IAP 06768, 12.02.2022 y) olindi.

Ishlanmaning ma’lum ixtirolardan farqi oldingi konstruksiyalarda transport vositalarining klirensi pog‘onali o‘zgartirilardi, mazkur ixtiroda transport vositasi klirensi keng diapazonda minimal kattalikdan maksimal kattalikkacha pog‘onasiz o‘zgartirish imkonini beruvchi yuqori klirensli osma konstruksiya ishlab chiqildi. Mohiyatan ixtiro transport vositalaridan: transport ishlarida (minimal klirens), texnik va baland poyali o‘simliklarga mexanizasiyalashgan ishlov berishda, yuqori klirensli purkagichlarda (maksimal klirens) keng foydalanish imkonini yaratadi.