Download

On the defense of the dissertation of Kishanov Ruslan Urazgaliyevich, Doctor of Philosophy (PhD) in Technical Sciences

The defense of the dissertation by  RUSLAN URAZGALIYEVICH KISHANOV  titled EVALUATION OF THE INFLUENCE OF INERTIAL FORCE IN PROBLEMS OF SEISMODYNAMICS OF UNDERGROUND PIPELINES specialty 05.09.02 – Geotechnics (Foundations, bases and underground structures. Soil and rock mechanics) for obtaining the scientific degree of DOCTOR OF PHILOSOPHY (PhD) ON TECHNICAL SCIENCES will be held on on 26 of March 2026 at 1400 at the meeting of Scientific CouncilDSc.05/2025.27.12.Т. 10.02 at Institute of Mechanics and Seismic Stability of Structures named after M.T. Urazbaev

Address: 100125, Tashkent city, Dormon yuli street, house 40. Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, Institute of Mechanics and Earthquake Resistance of Structures named after M.T. Urazbaev.
Tel: (998 55) 520-02-45.
e-mail: instmech@academy.uz

C1acd50d522b46eb92ebc71704bf0fd7 640x500

Xojiqulov Shaxzod Shavkatjon o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Xojiqulov Shaxzod Shavkatjon o‘g‘lining 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Real suyuqliklarni quvur orqali uzatishda o‘tish jarayonlarining kvazi bir o‘lchovli modellari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.T/FM.10.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 28-yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent sh., Do‘rmon yo‘li, 40-uy. O‘zR FA akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Tel.: (998 55) 520-02-45
e-mail: instmech@academy.uz

79127ac93cb84ba8977c703e476dbff2

Saidov Sarvar Abdijalilovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Saidov Sarvar Abdijalilovichning 01.02.02- “Mashinalar, asboblar va uskunalar dinamikasi va mustahkamligi” ixtisosligi bo‘yicha “Avtotransport vositalari uzlukli gidravlik tizimlari boshqaruvi barqarorligini oshirish uchun dinamik model ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01. raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 26-yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100125, Toshkent shahar, Do‘rmon yo‘li, 40-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Tel.: (99855) 520-02-45,  (99855) 520-04-46
e-mail: instmech@academy.uz

01e0e5ca0b904b92930a435bdee963f9 960x500

Qurilish sohasi rivojidagi zamonaviy yechimlar

Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti “Bino va inshootlarni modellashtirish va pasportlashtirish” laboratoriyasi oxirgi yillardaTurli yoriqlar va toplangan shikastlanishlarga ega bolgan qurilish materiallar mustahkamligi va yoriqlar rivojlanishining xususiyatlarini tadqiq etish mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 

Inshootlardan ko‘p yillik foydalanish jarayonida murakkab kuchlanishlar, iqlim yoki zilzilalar natijasida qurilish konstruktsiyalari elementlarida to‘plangan shikastlanishlar, kuchlanish konsentratorlarining oshib borishi turli xarakterdagi yoriqlarning shakllanishiga olib keladi.

Ilmiy izlanishlardan quyidagi natijalar olindi:

Temirbeton konstruktsiyalarni mustahkamlashda zamonaviy yondashuvlar samaradorligi tasdiqlandi.

So‘nggi yillarda qurilish amaliyotida temirbeton konstruktsiyalarning mustahkamligi va ishonchliligini oshirish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda olib borilgan kompleks ilmiy tadqiqotlar natijasida bir qator muhim ilmiy va amaliy xulosalar olindi.

Tadqiqotlar davomida temirbeton to‘sin-devorlarni sonli hisoblash shuni ko‘rsatdiki, cho‘zuvchi kuchlanishlarni kamaytirish uchun konstruktsiyani vertikal sterjenlar bilan qo‘shimcha mustahkamlash va ularni to‘sinlar ulangan burchaklardagi bo‘ylama armaturalar bilan bog‘lash samarali yechim hisoblanadi.

Ko‘ndalang kesimi doiraviy bo‘lgan sterjenlarni cho‘zish masalasini tahlil qilish jarayonida turli xil yoriqlarning kuchlanish intensivligi koeffitsientiga taʼsiri o‘rganildi. Аniqlanishicha, bo‘ylama yoriq mavjud bo‘lgan holatda kuchlanish intensivligi ko‘ndalang yoriqlarga nisbatan 10 foizgacha yuqori bo‘lar ekan.

Shuningdek, termoplastiklik masalasini yechishda olingan sonli natijalar deformatsiya nazariyasi va plastik oqish nazariyalarini birgalikda qo‘llash yuqori samara berishiga ishonchli dalil bo‘ldi. Chekli ayirmalar usuliga asoslangan hisoblash sxemasi harorat maydoni, plastik zonalar chegaralari hamda siljishlarni aniqlash imkonini berib, real konstruktsiyalarni termomexanik tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega ekani tasdiqlandi. Natijalarni o‘zaro taqqoslashda qo‘yilgan chegaraviy masalaning matematik jihatdan to‘g‘ri qo‘yilgani va modellashtirish yondashuvining adekvatligini ko‘rsatdi.

Eksperimental tadqiqotlarda uglerod va bazalt tasmalari bilan kuchaytirilgan B35 markali beton tosinlar sinovdan otkazildi. Uglerod tasmalari bilan mustahkamlangan to‘sinlar 12,5 tonnadan ortiq yuk taʼsirida buzilgan bo‘lsa, bazalt lentalari bilan kuchaytirilgan naʼmunalar 9–10 tonna atrofidagi yuklarda buzilgani kuzatildi. Barcha holatlarda buzilish eguvchi moment maksimal bolgan zonada qiya kesim boylab yuzaga kelgan.

Tajribalar shuni korsatdiki, kompozit materiallar bilan kuchaytirish taʼsiri konstruktsiya elastiklik qobiliyatini yoqotgandan keyingina namoyon boladi. Mustahkamlanmagan to‘sinlar betonning siqilgan zonasi bo‘ylab buzilgan bo‘lsa, kuchaytirilgan tosinlarda buzilish sxemalari sezilarli darajada farq qildi.

Muhim xulosalardan biri shundaki, uglerod tolali kompozit tasmalar yuqori deformatsiyalarda uzilishi mumkin, bazalt tasmalari esa bu holatda ham yaxlitligini saqlab qoladi. Shu asosda kompozit materiallar bilan kuchaytirilgan temirbeton elementlar uchun turli chegaraviy holatlar aniqlanib, ularni hisoblashning yangi uslublari ishlab chiqildi.

Umuman olganda, olingan natijalar temirbeton konstruktsiyalarni to‘qima polimer   kompoztsion materiallar yordamida mustahkamlash ularning yuk ko‘tarish qobilyatini sezilarli darajada oshirishni ilmiy va amaliy jihatdan isbotladi. Bu esa qurilish sohasida zamonaviy, samarali va ishonchli yechimlarni joriy etish uchun mustahkam ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.