1943
Ceo1

Nazarov Nikolay Nikolayevich

1943-1947 yy. Matematika va mexanika instituti direktori.
Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.01.02 – «Differensial tenglamalar». Ortogonal polinomlar nazariyasi, differensial, integral, integro-differensial tenglamalar nazariyasi, shuningdek, mexanika va aerodinamika yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. ((1907-1947 yy.)
1947
Ceo2

O‘rozboyev Muxammad Toshevich

1947-1957 yy. Inshootlar instituti direktori.
Texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Umumiy mexanika, suyuqlik va gaz mexanikasi, deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi, mexanizmlar va mashinalar mexanikasi, hisoblash mexanikasining turli sohalariga asos solgan va rivojlantirgan. (1906-1971 yy.)
1958
Ceo3

Rizayev Shukur Rizayevich

1958-1959 yy. Mexanika instituti direktori.
Texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.07 – «Sochiluvchan jismlar, gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi». Ilmiy ishlari tuproqli inshootlarning qiyaliklarining barqarorligini hisoblash nazariyasi va usullarini rivojlantirishga bag‘ishlangan. (1912-1992 yy.)
1959
Ceo4

Ismailov Muxammadjon Iminovich

1959-1962 yy. Mexanika instituti direktori.
Texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.05 – «Suyuqlik, gaz va plazmalar mexanikasi». Ilmiy ishlari suyuqlik va gaz sohasida aero- i gidrodinamika masalalarini yechishga, shuningdek, pnevmatik paxta terish mashinasi nazariyasiga bag‘ishlangan. (1909-1994 yy.)
1962
Ceo5

Fayzullayev Jorullo Fayzullayevich

1962-1963yy. Hisoblash markazli Mexanika instituti direktori.
Texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA muhbir a’zosi.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.05 – «Suyuqlik, gaz va plazmalar mexanikasi». Ilmiy ishlari ko‘p fazali va ko‘p komponentali gidrodinamika sohasiga tegishli. Turli reologik xususiyatlarga ega aralashmalarning modellarini ishlab chiqqan. (1924-1992 yy.)
1963
Ceo6

Qobulov Vasil Qobulovich

1963-1966 yy. Hisoblash markazli Mexanika  instituti direktori.
Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari – sterjenlar, qobiqlar va plastinalar nazariyasi, kibernetika va tutash muhitlar mexanikasida algoritmlar nazariyasi hisoblanadi. (1921-2010 yy.)
1966
Ceo7

Rashidov Tursunboy Rashidovich

1966-1974 yy. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori.
Texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xixmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Tadqiqotlari qurilish mexanikasi, yer osti inshootlarining seysmodinamik nazariyasi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarda aholi yashash joylarida seysmik xavf va zararni baholash metodologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. (1934 -2020 yy.)
1974
Ceo8

Djurayev To‘xtamurad Djurayevich

1974-1985 yy. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori.
Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.01.02 «Differensial tenglamalar». Ilmiy ishlari xususiy xosilali differensial tenglamalar yechimlari, matematik fizikaning klassik bo‘lmagan tenglamalari uchun konkret chegaraviy masalalar nazariyasiga bag‘ishlangan. (1934-2009 yy.)
1985
Ceo9

Bobamuratov Kamol Shaymardonqulovich

1985-1991 yy. Mexanika va inshootlar  seysmik mustahkamligi instituti direktori.
Fizika-matematika fanlari doktori, professor, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Ilmiy tadqiqotlari murakkab ko‘p parametrli yuklamalar sharoitidagi elastik-plastik deformatsiyalar va konstruksiyalar mustahkamligining eksperimental va nazariy tadqiqotlariga tegishli. (1936-2009 yy.)
1991
Ceo10

Mubarakov Yarmuxammad Nurupovich

1991-1997 yy. Mexanika va   inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori.
Texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Ilmiy ishlari yer osti fazoviy inshootlarining dinamik nazariyasiga, seysmik portlash to‘lqinlari ta’siridagi konstruksiyalarning mustahkamligi va seysmik mustahkamligiga ta’minlashga yo‘naltirilgan.  (1944-1999 yy.)
1997
Ceo11

Rizayev Anvar Abdullayevich

1997-2013 yy. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori.
Texnika fanlari doktori, professor.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 05.20.01. – «Qishloq xo‘jaligi va meliorativ mashinalari, qishloq xo‘jaligi va meliorativ ishlarni mexanizatsiyalash texnologiyasi». Asosiy ilmiy tadqiqotlari paxtachilik kompleksi mexanizmlari va mashinalari nazariyasini rivojlantirish, paxta terish apparatida texnologik jarayonning samaradorligini oshirish, paxta va tolaning biologik sifatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan. (1952 y.)
2013
Ceo12

Sagdiyev Xamidulla

2013-2014 yy. Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va 2018-2021 yy. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori.
Texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Asosiy ilmiy tadqiqotlari turli maqsadlarga mo‘ljallangan yer osti va yer usti inshootlarining seysmodinamikasini nazariy va eksperimental tadqiqotlariga bag‘ishlangan. (1951 y.)
2014
Ceo13

Abirov Rustam Abdullayevich

2014-2018 yy. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori.
Fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Asosiy ilmiy izlanishlari elastik-plastik jarayonlar va murakkab yuklamalar nazariyasini, elastik-plastik buzilish mexanikasini, chegaraviy integral tenglamalar usulini rivojlantirishga qaratilgan. (1968 y.)
2021
Ceo14

Sultonov Karim Sultonovich

2021 yildan Mexanika va  inshootlar  seysmik mustahkamligi instituti direktori.
Fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Asosiy ilmiy tadqiqotlari yer osti inshootlarining seysmik mustahkamligining to‘lqinlar nazariyasi, gruntli inshootlarning seysmik mustahkamligi va barqarorligi, gruntning chiziqsiz deformatsiyalanishi nazariyasi va to‘qimachilik iplarining mustahkamligi nazariyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan. (1949 y.)