Institut direktorlari

  

 

 

Nazarov Nikolay Nikolayevich - 1943-1947 yy. Matematika va mexanika instituti direktori. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.01.02 – «Differensial tenglamalar». Ortogonal polinomlar nazariyasi, differensial, integral, integro-differensial tenglamalar nazariyasi, shuningdek, mexanika va aerodinamika yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. ((1907-1947 йй.)

 

 

 

 


 

 

 

 

O‘rozboyev Muxammad Toshevich - 1947-1957 yy. Inshootlar instituti direktori. Texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Umumiy mexanika, suyuqlik va gaz mexanikasi, deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi, mexanizmlar va mashinalar mexanikasi, hisoblash mexanikasining turli sohalariga asos solgan va rivojlantirgan. (1906-1971 йй.)

 

 

 


 

  

 

Rizayev Shukur Rizayevich - 1958-1959 yy. Mexanika instituti direktori. Texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. Nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.07 – «Sochiluvchan jismlar, gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi». Ilmiy ishlari tuproqli inshootlarning qiyaliklarining barqarorligini hisoblash nazariyasi va usullarini rivojlantirishga bag‘ishlangan. (1912-1992 йй.)

 

 

 


 

 

 

Ismailov Muxammadjon Iminovich - 1959-1962 yy. Mexanika instituti direktori. Texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. Nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.05 – «Suyuqlik, gaz va plazmalar mexanikasi». Ilmiy ishlari suyuqlik va gaz sohasida aero- i gidrodinamika masalalarini yechishga, shuningdek, pnevmatik paxta terish mashinasi nazariyasiga bag‘ishlangan. (1909-1994 йй.)

 

 

 

 


 

 

 

Fayzullayev Jorullo Fayzullayevich - 1962-1963yy. Hisoblash markazli Mexanika instituti direktori. Texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA muhbir a’zosi. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.05 – «Suyuqlik, gaz va plazmalar mexanikasi». Ilmiy ishlari ko‘p fazali va ko‘p komponentali gidrodinamika sohasiga tegishli. Turli reologik xususiyatlarga ega aralashmalarning modellarini ishlab chiqqan. (1924-1992 йй.)

 

 

 


 

 

 

Qobulov Vasil Qobulovich - 1963-1966 yy. Hisoblash markazli Mexanika  instituti direktori. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari – sterjenlar, qobiqlar va plastinalar nazariyasi, kibernetika va tutash muhitlar mexanikasida algoritmlar nazariyasi hisoblanadi. (1921-2010 йй.)

 

 

 


 

 

 

Rashidov Tursunboy Rashidovich - 1966-1974 yy. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori. Texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xixmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Tadqiqotlari qurilish mexanikasi, yer osti inshootlarining seysmodinamik nazariyasi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarda aholi yashash joylarida seysmik xavf va zararni baholash metodologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. (1934 -2020 йй.)

 

 

 


 

 

 

Djurayev To‘xtamurad Djurayevich - 1974-1985 yy. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.01.02 «Differensial tenglamalar». Ilmiy ishlari xususiy xosilali differensial tenglamalar yechimlari, matematik fizikaning klassik bo‘lmagan tenglamalari uchun konkret chegaraviy masalalar nazariyasiga bag‘ishlangan. (1934-2009 йй.)

 

 

 


 

 

 

Bobamuratov Kamol Shaymardonqulovich - 1985-1991 yy. Mexanika va inshootlar  seysmik mustahkamligi instituti direktori. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Ilmiy tadqiqotlari murakkab ko‘p parametrli yuklamalar sharoitidagi elastik-plastik deformatsiyalar va konstruksiyalar mustahkamligining eksperimental va nazariy tadqiqotlariga tegishli. (1936-2009 йй.)

 

 

 


 

 

 

Mubarakov Yarmuxammad Nurupovich - 1991-1997 yy. Mexanika va   inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori. Texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi, fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Ilmiy ishlari yer osti fazoviy inshootlarining dinamik nazariyasiga, seysmik portlash to‘lqinlari ta’siridagi konstruksiyalarning mustahkamligi va seysmik mustahkamligiga ta’minlashga yo‘naltirilgan.  (1944-1999 йй.)

 

 

 


 

 

 

Rizayev Anvar Abdullayevich - 1997-2013 yy. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori. Texnika fanlari doktori, professor. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 05.20.01. – «Qishloq xo‘jaligi va meliorativ mashinalari, qishloq xo‘jaligi va meliorativ ishlarni mexanizatsiyalash texnologiyasi». Asosiy ilmiy tadqiqotlari paxtachilik kompleksi mexanizmlari va mashinalari nazariyasini rivojlantirish, paxta terish apparatida texnologik jarayonning samaradorligini oshirish, paxta va tolaning biologik sifatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan. (1952 й.)

 

 

 


 

 

 

Sagdiyev Xamidulla - 2013-2014 yy. Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va 2018-2021 yy. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori. Texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. Nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Asosiy ilmiy tadqiqotlari turli maqsadlarga mo‘ljallangan yer osti va yer usti inshootlarining seysmodinamikasini nazariy va eksperimental tadqiqotlariga bag‘ishlangan. (1951 й.)

 

 

 


 

 

 

Abirov Rustam Abdullayevich - 2014-2018 yy. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori. Fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Asosiy ilmiy izlanishlari elastik-plastik jarayonlar va murakkab yuklamalar nazariyasini, elastik-plastik buzilish mexanikasini, chegaraviy integral tenglamalar usulini rivojlantirishga qaratilgan. (1968 й.)

 

 

 


 

 

 

Sultonov Karim Sultonovich - 2021 yildan Mexanika va  inshootlar  seysmik mustahkamligi instituti direktori. Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha mutaxassisligi: 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi». Asosiy ilmiy tadqiqotlari yer osti inshootlarining seysmik mustahkamligining to‘lqinlar nazariyasi, gruntli inshootlarning seysmik mustahkamligi va barqarorligi, gruntning chiziqsiz deformatsiyalanishi nazariyasi va to‘qimachilik iplarining mustahkamligi nazariyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan. (1949 й.)