Yangiliklar. Voqealar. E'lonlar

Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi (joylashtirildi 09.04.2023)
335

2023-yil 10-aprel kuni M.T. O’rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidentining 2023-yil 27-martdagi № 11-28 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida institut ilmiy xodimlaridan tashkil topgan “ZAKOVAT” klubida “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi.

  

  

O’yinda ishtirok etganlar fanning turli yo’nalishlaridagi savollarga mantiqiy javoblar berish bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan o’zgarishlar yuzasidan berilgan savollarga ham javoblar berishdi. Bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinida ishtirokchilar o’z bilim va mahoratlarini sinovdan o’tkazishdi. Bu kabi intellektual o’yinlar institutdagi ilmiy muhitni yuksalishiga xizmat qilishi shubhasizdir.