O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida 2023 yilning 31 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgarishlar muxokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda institut direktori f-m.f.d., prof. K.S. Sultanov so‘zga chiqib, Konstitusiyaviy isloxatlar mamlakat va jamiyat taraqqiyoti uchunmuxum ahamiyat kasb etishito‘g‘risida to‘xtalib, ushbu siyosiy jarayonda ilmiy xodimlarning ishtiroki va o‘rni tushintirib o‘tildi. Shu o‘rinda bo‘lajak doktorantlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy xayotida qanday o‘rin tutishi, o‘z kasbining mutaxasisi bo‘lib yetishishi uchun nimalar qilishi va qanday bilimlarni egallashi bo‘yicha xam tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.R.Xudaykuliyev so‘zga chiqib,O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgarishlar mamlakat va jamiyat xayotida muhim xujjat ekanligi, ushbu xujjat millat ravnaqi xamda davlatchilik poydevorining mustahkam bo‘lishi uchun xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etish bilan birga kuyidagi fikirlarni bildirdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda kechayotgan muhim siyosiy jarayonlardan biri Konstitusiyaviy o‘zgarishlarni muxokamadan o‘tkazish jarayonining faol olib borilayotganligi deyishimiz mumkun. Chunki Konstitusiyaviy o‘zgarishlar mamlakat taraqiyoti, jamiyat osoyishtaligi va undagi insonlar xayot tarzining ravnaqi uchun xizmat qiluvchi muxim xujjat hisoblanadi.
Axamiyati jixatidan tarixiy bo‘lgan xujjatlar qatoriga «Mustaqillik deklarasiyasi», «O‘zbekistan Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida»gi qaror, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun va albatta, Asosiy Qonunimiz — Konstitusiyamizni alohida ehtirom bilan tilga olamiz deydi ma’ruzachi.
Yangi taxrirdagi Konistitusiya loyihasida O‘zbekiston ijtimoiy davlar deb etirof etilgan. Bu degani ushbu mamlakatdagi xar bir fuqaro o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lib, u davlatchilik rivojida o‘zining intellektual saloxiyati bilan to‘laqonli ishtirok eta olishini anglatadi.
Endi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasidagi o‘zgarishlarga o‘tadigan bo‘lsak:
VI bob. Fuqarolik
22-modda-O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi, 28-modda-O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega, degan jumlalar keltirilgan.
Ushbu moddalaroliygohlarni bitirgan yosh mutaxasislarimizning xoxlagan xududida ishga joylashishini va uy joyga ega bo‘lishini kafolatlaydi.
Yig‘ilish davomida qatnashuvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Yosh olimlar kengashi raisi A.P.Urinov “Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar” to‘g‘risidagi 53-moddaning axamiyatiga to‘xtaldi.
Institut Kasaba uyushmasi raisi X.A.Axmedov yangi qabul qilinayotgan Konistitusiyamizdagi 73-modda Kasaba uyushmalari xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy xuquqlari va manfaatlari ximoyasi yo‘lida xizmat qilishi to‘g‘risida tushinchalar berdi va barchani 2023 yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol qatnashishga chaqirdi.