Yangiliklar. Voqealar. E'lonlar

Joriy yilning 26-30 sentyabr kunlari Innovasion rivojlanish vazirligida «Ipakchilik va to‘qimachilik haftaligi» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi (joylashtirildi 02.10.2022)
339

Joriy yilning 26-30 sentyabr kunlari Innovasion rivojlanish vazirligida «Ipakchilik va to‘qimachilik haftaligi» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazmada O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutidan loyiha rahbari prof. K.S.Sultanov hamda loyiha ijrochilari «To‘qimachilik dastgohlaridagi zamonaviy progressiv texnologik jarayonlarda iplarning uzilishi nazariyasini yaratish» mavzudagi ma'ruzasi bilan ishtirok etishdi va O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan “Ipakchlik va to‘qimachilik haftaligi” ilmiy ishlanma va innovasion mahsulotlar ko‘rgazmasida faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.