Yangiliklar. Voqealar. E'lonlar

M.T.O'rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida stajyor tadqiqotchi, tayanch doktorant va doktorantlarni manitoringi bo`lib o`tdi (joylashtirildi 12.03.2024)
260

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidentining 2024 yil 22 fevraldagi «O‘zR FA tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari faoliyati monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida»gi 21-19-sonli buyrug‘ini ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 05 mart kuni Institutda tahsil olaetgan doktorantlar va tayanch doktorantlar faoliyati monitoringi o‘tkazildi.

 

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida doktorantlar 2023 yilning yakuni bo‘yicha bajarilgan ishlari, olingan natijalari, chop etilgan ilmiy ishlar hamda shaxsiy reja bajarilishi tug‘risida xisobotlarini berishdi. Suxbat jaraenida Ishchi gurux a'zolari tomonidan doktorantlarga savollar berildi, berilgan savollarga doktorantlar o‘rinli javoblar berishdi.

 

  Monitring yakunida Ishchi guruhi a'zolari doktorantlar va tayanch doktorantlar faoliyati bo‘yicha tavsiyalar berishdi hamda faoliyati samaradorligi haqida ijobiy fikrlar bildirishdi.