Yangiliklar. Voqealar. E'lonlar

Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini kosmik monitoringini o‘rganish komissiyasining yig‘ilishi (joylashtirildi 31.10.2024)
124

2024 yil 29 oktyabr' kuni O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi “Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokasion kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori asosida tashkil etilgan “Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini kosmik monitoringini o‘rganish” komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  

Yig‘ilishda O‘zR Fanlar akademiyasi vise-prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bo‘lim boshlig‘i hamda O‘zR  Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zR Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ”O‘zbekgidroenergo” AJ Suv omborlaridan xavfsiz va samarali foydalanish boshqarmasi, O‘zR Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, O‘zR FA M.T. O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, O‘zR FA F.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti, O‘zR Faqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, ”Toshkent irrigasiya va qishlok xo‘jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetidan  vakillar qatnashdilar.

Ushbu yig‘ilishni komissiya raisi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti S.Mirzaev olib bordi. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Sh.M.Qodirov so‘zga chiqib, agentlik tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi, «O‘zbekgidroenergo» AJ va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokasion kosmik monitoring qilish tizimi ishga tushirilganligi va undagi ma'lumotlardan foydalanish hamda tahlil qilish bo‘yicha ma'lumot berildi. Yig‘ilish yakunda O‘zR VMning 666-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini tashkil etish uchun komissiya tomonidan respublikaning seysmik xavfli hududlarida joylashgan uchta suv omborini seysmik holati va ulardan foydalanish samaradorligini o‘rganishga kelishib olindi.