Yangiliklar. Voqealar. E'lonlar

DOKTORANT VA TAYANCH DOKTORANTLARNING YILLIK MONITORINGI (joylashtirildi 04.10.2024)
119

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Oliy  ta‟limdan  keyingi  ta‟lim  tizimini yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  2017-yil  22-maydagi  304-son  qarorini  hamda O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi  Vitse-prezidentining  2024  yil  25  sentyabrdagi  «Fanlar akademiyasi  tizimida  doktorantlar  va  mustaqil  izlanuvchilar  faoliyati  monitoringini  o‘tkazish to‘g‘risida» gi 21-97-sonli buyrug‘ini ijrosini ta‟minlash maqsadida O‘zR FA M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida 2024 yil 4 oktyabrda 1, 2 va 3-chi bosqiya doktorantlari hamda 1,2 va 3-chi bosqich tayanch doktorantlari faoliyati samaradorligini baholovchi monitoring komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

 

  

Monitoringda monitoring komissiyasi raisi O‘zR FA bosh ilmiy kotibi, t.f.d., professor G.A.Baxadirov, Ilmiy kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) katta ilmiy xodim D.Dj.To‘rayeva., Ilmiy kadrlar boshqarmasi bosh mutaxassisi, t.f.n., katta ilmiy xodim A.Qayumov va fizika-matematika va texnika fanlari bo‘limi rahbari o‘rinbosari, f.-m. f.n. M.V. Gafurovalar ishtirok etdilar.

 

 

Komissiya a’zosi A.Qayumov institut doktorant va tayanch doktorantlarning ilmiy ishlarini himoyaga o‘z vaqtida olib chiqishi, institut xodimlarining ilmiy sallohiyati bo‘yicha FA institutlari ichida yetakchi o‘rinda turishini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng 6 ta doktorant va  22 ta tayanch doktorantlar ilmiy ishlari natijalari bo‘yicha hisobot berdilar. Komissiya ularning ishlarini qoniqarli deb baholadi.