Bugun - 27.09.2024 yilda O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida 2024 yilning 12 - iyunida tashkil qilingan, doimiy faoliyat yurituvchi 05.09.02 - “Geotexnika” (Asoslar, poydevorlar va yer osti inshootlari. Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi) ilmiy seminarining ilk seminari bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminarda institutning “Gruntli inshootlar dinamikasi” loboratoriyasining kichik ilmiy xodimi Normatov Shovkat Ibragimovichning fal'safa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Bir jinsli bo‘lgan gruntli qiyaliklar ustuvorligini muhandislik yondashuvining turli usullarida baholash tahlili” mavzusidagi dissertasiya ishining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in muhokamalarga boy o‘tgan ilmiy seminar yakunida Normatov Shovkat Ibragimovichning “Bir jinsli bo‘lgan gruntli qiyaliklar ustuvorligini muhandislik yondashuvining turli usullarida baholash tahlili” mavzusidagi dissertasiya ishi institut huzuridagi texnika fanlari buyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.08.2022.T.61.02 Ilmiy Kengashda muhokamadan o‘tish uchun tavsiya qilindi.