Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ga qabul qilishda ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash, taqdim etish va baholash tartiblari to‘g‘risida Institut direktorining 2026 yil 07 sentyabrdagi 133-K son buyrug‘i ijro uchun qabul qilinsin. Mazkur buyruq bilan, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga talabgorlarning hujjatlarini qabul qilishda ularning taqdimot loyihasi Yagona elektron tizimiga yuklangan bo‘lishi lozimdir. Talabgorlar tomonidan yuklangan taqdimot loyihalariga joriy yil 30-oktyabrga qadar tegishli o‘zgartirish kiritish imkoniyati mavjudligini ma’lum qilamiz.
































