OʼzR FА M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti haqida maʼlumot

Tashkil etilgan yili – Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti 1943 yilda tashkil topgan.

Qayta tashkil etilgan yili – Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.02.2017 yildagi PQ №2789 – son qaroriga asosan OʼzR FА Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va TDTU qoshidagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi bazasida qayta tashkil qilindi.

M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti quyidagi ilmiy yoʼnalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi:

  • deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, gruntlar mexanikasi, eksperimental mexanika
  • bino va inshootlar seysmik mustahkamligi
  • suyuqlik va gaz mexanikasi
  • mexanizmlar va mashinalar nazariyasi, konstruktsiyalar dinamikasi va mustahkamligi